
Anchelotti: “Men Chempionlar ligasidagi hakamlarni afzal ko‘raman”
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi javob bahsidan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik mutaxassis hakamlar bilan bog‘liq muammolar, bo‘lajak uchrashuv va bir necha futbolchilarning holati haqida gapirib o‘tdi.
“Ertangi uchrashuv uchun rejangiz qanday?
Bizda o‘tgan haftadagi bilan bir xil reja bor. Deyarli hech narsani o‘zgartirmoqchi emasmiz.
"Barselona" va "Rayo Valekano" bilan bog‘liq vaziyat haqida nima deysiz?
To‘g‘risi, bu borada aytadigan gapim yo‘q. Bunday holatlar hali ham yuz berayotgani ajablanarli. "Osasuna", "Atletiko" va "Espanol" bilan sodir bo‘lgan voqealardan norozi bo‘ldik. Keyingi voqealarni esa guvohi bo‘lgansiz. Shu bilan birga, men Chempionlar ligasidagi hakamlarni afzal ko‘raman. La Ligada jiddiy xatolar qilinmoqda va bu tuzatilishi kerak.
VARga fikringiz qanday?
VAR hakamlarning qaror qabul qilishiga ortiqcha vaqt sarflaydi. Bu hozirgi kunda juda xavfli hisoblanishini hammamiz bilamiz. VAR faqat o‘yinga ta’sir qiluvchi muhim vaziyatlar uchun ishlatilishi kerak. U bunchalik ko‘p qaror qabul qilmasligi zarur.
G‘alaba qozonish uchun imkoniyatlaringizni qanday baholaysiz?
O‘yindan oldin Gvardioladan so‘rayman. Ularning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati faqat 1% ekaniga ishonadimi? Ishonchim komilki, ular bundan ko‘proq imkoniyatga ega ekanliklarini o‘ylashadi, xuddi bizning imkoniyatimiz 99% emasligi kabi.
O‘yinga yondashuvingiz qanday?
Biz hisob 0:0 yoki 1:0 hisobida yutqazmoqdamiz deb o‘ynashimiz kerak. Sababi, bunday harakat qilmasak, juda katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz.
Bellingem, Asensio, Valverde, Vaskes va Mbappening holati haqida?
Umid qilamanki, Bellingem diskvalifikatsiya qilinmaydi. Uning so‘zlarini bosh hakam noto‘g‘ri tushungan edi.
Albatta, shuni ham ta’kidlashim joiz, Asensio o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham o‘ynashi mumkin.
Federiko "Osasuna"ga qarshi o‘yindan keyin biroz dam olishi kerak edi. U so‘nggi mashg‘ulotni muammosiz o‘tkazdi.
Vaskes to‘liq tiklanmagan bo‘lsa ham navbatdagi uchrashuvda zaxira o‘rindig‘ida bo‘lishi mumkin.
Kilian Mbappe ajoyib formadaligi yaxshi hisoblanadi. Shu bilan birga, bizning hujum uchligimiz ham juda yaxshi o‘ynamoqda" - dedi 65 yoshli murabbiy
Fikrlar