Anchelotti: “Neymar to‘g‘ri yo‘lda”

  • 11.04.2026 16:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining aytishicha, "Santos" hujumchisi Neymar 2026-yilgi jahon chempionati uchun milliy terma jamoa tarkibiga kiritilishi uchun jismoniy holatini yaxshilashi kerak.

“Neymar to‘g‘ri yo‘lda. U shu ruhda davom etishi va o‘z formasini yaxshilashi kerak. U o‘z sport formasini 100% tayyor holga keltira oladi. Men buni bir necha bor aytganman va bu aniq: men jismonan tayyor bo‘lgan futbolchilarni chaqiraman.

Tizza jarohatidan so‘ng Neymar yaxshi tiklandi va gol urmoqda", - deya Anchelottining so‘zlarini keltirmoqda L’Équipe.

Fevral oyi o‘rtalarida 34 yoshli hujumchi tizzasidan olgan jarohatidan keyin tiklandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!