Anchelotti “Real”dan qachon ketmoqchi?

  • 23 iyul, 2024, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni katta muvaffaqiyatlar sari etaklayotgan Karlo Anchelotti klubdan qachon ketishi mumkinligiga oydinlik kiritdi.

- Hozircha, men qachon to‘xtatishimni bilmayman. Balki “Real” mendan zerikkanida jamoani tark etarman. O‘shanda nima qilishni, qaerga borishni o‘ylab ko‘raman.

Anig‘i shuki, terma jamoalar bilan ishlashga munosabatim salbiy. Men har kuni ishlab o‘rganganman va menga shunisi ma’qul.

Men o‘zim shug‘ullantirgan jamoalar orasida “Real” va “Milan”ga boshqalariga qaraganda ko‘proq bog‘lanib qolganman, - dedi Karlo Anchelotti.

Karlo Anchelotti kuchli beshlik chempionatlaridagi murabbiylik faoliyatini 1996 yilda “Parma”ni boshqarishdan boshlagan. “Real”gacha italiyalik mutaxassis “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, “Pari Sen-Jermen”, “Bavariya”, “Napoli” va “Everton”da ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!