
Anchelotti: "U o‘zini jentelmendek tutmadi"
"Real Madrid" jamoasi ustozi Karlo Anchelotti "Barsa"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Natija o‘yinning qay tarzda o‘tganini bildirmaydi.
Menga birinchi bo‘lim yoqdi. Ular gol urishganda biz kuchimizni yo‘qotdik.
Rejamiz "Borussiya Dortmund"ga qarshi 2-taym dinamikasiga amal qilish edi va biz buni 60 daqiqa davomida bajara oldik.
Mbappe 3-4 ta gol urishi mumkin edi, bizga ko‘proq aniqlik etishmadi.
Biz xafa bo‘ldik. Bu qiyin payt. Biroq, taslim bo‘lmaymiz, mavsum uzoq davom etadi.
Oxirgi marotaba "Barselona"ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganimizda biz La Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan edik.
Flik bilan hech qanday muammo yo‘q. Biroq, uning yordamchilaridan biri o‘zini jentlmenlar kabi tutmadi, - dech o‘z fikrini bildirdi "Los-Blankos" murabbiyi.
Fikrlar