"Andijon" futbolchisi operatsiya qilindi

  • 13 iyun, 13:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning etakchilaridan biri, ajoyib himoyachi Abdulvohid G‘ulomov yaqinda Tojikistondagi yig‘in doirasida oyog‘idan jarohat olgandi. Bu esa futbolchida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish masalasi zarurligini ko‘rsatdi.

Tecno

Natijada kuni kecha G‘ulomov Toshkentda operatsiya stoliga yotdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Tojikistondagi yig‘inda jarohat oldim. Ya’ni, “Xo‘jand” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida yuz berdi. Keyin lat egan oyog‘imni tekshirtirdik. Shifokorlar operatsiya zarurati borligini aytdilar. Ikki kun avval jarrohlik amaliyotini o‘tkazdim. Xudoga shukrki, operatsiya yaxshi o‘tdi. Holatim kundan-kunga yaxshilanib bormoqda”, - deya klub matbuot xizmatiga fikr bildirdi, Abdulvohid.

Biz ham futbolchimizga sog‘liq tilaymiz va tezroq oyoqqa turib safga qaytishini tilab qolamiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, undan oldin jamoaning yana bir himoyachisi Oleg Zoteev ham oyog‘ini operatsiya qildirgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!