
"Andijon" futbolchisining qizil kartochkasi bekor qilindi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi tur doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv intizomiy ishi ko‘rib chiqildi.
Superliga. «Qizilqum» — «Andijon»
«Andijon» futbol klubi tomonidan 2024 yilning 15 iyun kuni Superliganing 11-turi doirasidagi «Qizilqum» — «Andijon» uchrashuvining 24-daqiqasida «Andijon» klubi futbolchisi Ilhomjon Abdig‘anievga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qilish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi Ilhomjon Abdig‘anievga ko‘rsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasining xulosasiga ko‘ra bekor qilinishi haqida qaror qabul qildi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar