"Andijon" OKMKga qarshi Superliga doirasidagi soʻnggi 10 uchrashuvning faqatgina 1 tasida gʻalaba qozondi
Bugun Superliganing 6-turida Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK safarda "Andijon" bilan kuch sinashadi.
Olmaliqlar "Andijon"ga qarshi soʻnggi 10 ta uchrashuvning 8 tasida gʻalaba qozongan. 1 ta bellashuv durang bilan yakunlangan boʻlsa, 1 marta "burgutlar"ning qoʻli baland kelgan. Yagona magʻlubiyat ham oʻtgan mavsumning ikkinchi davrasida roʻy berdi. 26 sentabr kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda "Andijon" klubi oʻz maydonida OKMKni 1:0 hisobida taslim etgan edi.
Shuni ham taʼkidlash joiz, ikki jamoa oʻrtasidagi bellashuvlar koʻpincha gollarga boy oʻtadi, muxlislar qiziqarli uchrashuv guvohi boʻlishadi.
Soʻnggi 10 ta bahsda toshkentliklar 23 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Andijonliklar esa 12 bora raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan.
Eslatib oʻtamiz, bugungi bellashuv soat 18:15’dan boshlab start oladi.

Fikrlar