
"Andijon" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
Ayni paytda FIFA kunlari boshlanganligi munosabati bilan chempionatda ham kichik tanaffus yuzaga kelganligini yaxshi bilasiz. “Andijon” esa 19 mart sanasidan boshlab o‘z qarorgohida keyingi turda bo‘lib o‘tadigan “Nasaf”ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikka kirishgan.
Mazkur uchrashuv 30 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yingacha biroz muddat borligi uchun orada o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuning asnosida “Andijon” 23 mart kuni “Bobur Arena”da Qirg‘iziston U20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 16:00 da boshlanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar