Andijon xalqaro turnirga mezbonlik qilmoqda

  • 28.07.2025 19:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Tennis

Sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining tennis kortida "ITF World Tennis Tour Juniors J60" xalqaro o‘smirlar turniri o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekistonlik iqtidorli tennischilar bilan birga qator xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan yosh sportchilar ham ishtirok etyapti.

Turnir yosh iste’dodlar uchun xalqaro tajriba almashish, professional sahnada o‘z salohiyatini ko‘rsatish va reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkonini beradi. Xalqaro tennis bahslari 2-avgust kuniga qadar davom etadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!