"Andijon" Xebayga o‘rinbosar topdi!

  • 20 fevral, 2024, 17:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Andijon" klubi Rubin Xebayni o‘rnini to‘ldirishga qodir xujumchi izlamoqda.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "burgutlar" e’tibor markazida Tojikiston terma jamoasi va Moldovaning "Milsami" klubi a’zosi Shaxrom Samiev bo‘lib turibdi.

So‘nggi mavsumlarni Moldoviya chempionatida o‘tkazgan forvard uchun "Andijon" 50 ming dollardan voz kechishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Rubin Xebay o‘tgan mavsumda Xomyakov jamoasining asosiy futbolchisi edi. U o‘tgan mavsumda jamoadagi debyut yilida 27 o‘yinda ishtirok etib, maydonda 2138 daqiqani o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu orqali u “Andijon”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Superligada esa to‘purarlar orasida ikkinchi bo‘ldi. Mavsum yakunlariga ko‘ra, Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va yilning ramziy terma jamoasidan joy oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
21/02/2024 12:29
Uzbekistonda Roziqul Berdiyevdan boshka murabbiy yok manimcha faqat kelgan murabbiy Soccer manager oyinidagidek transfer qildiradi keyingi kelgani kechagi olingan oyinchini qoyib yuboradi
Rasul M
21/02/2024 12:28
Nimaga hujumchilarni chetdan olib kelishadi akademiyalaridayam bordur togri gollar urushmaydi faqat arendaga bergandan kora olib oyinga tushurup imkoniyat beraversa ahiri mevasini beradiku ustida ishlash kerak tinmasdan kerak bolsa alohida murabbiylar bn ishlash kerak
Asad Jamil
20/02/2024 19:21
Bu futbolchi yomonmas lekin ilojini qilib Boboebni olish kerak ham tekinga ham potensiali yuqoriro
&
Bek 56
20/02/2024 18:56
Келсин у'йнасин голлар урсин кеги бах,о берамиз