"Andijon"ning Baxrayndagi o‘yini qanday o‘tdi?
Baxrayn poytaxti Manama shahrida “Andijon” klubi “Al-Xaldiya”ga qarshi OChL 2 ning 4-tur uchrashuvini o‘tkazdi. Bungacha guruhdagi uchta o‘yinda 0:0 o‘ynagan "Burgutlar", 4-turda ham ushbu natijani takrorladi. Bunday qiziq natija OChL tarixida yuz berganmikin? Tekshirib ko‘rish kerak.
Yodingizda bo‘lsa, “Al-Xaldiya”ga qarshi “Bobur arena”dagi bellashuvda "Andijon" jamoasi tashabbusga egalik qilib, bir qator qulay imkoniyatlardan foydalana olmagandilar. 0:0 natijani boshqa 0:0 dan farqi bo‘ladi, albatta. Bu safargi bahsda esa mezbonlar “Andijon” darvozasini OChLda ishg‘ol etgan ilk klubga aylanish uchun katta kuch bilan hujumga tashlanishdi. Biroq darvozabon Erjan Tokotaev ajoyib o‘yin o‘tkazdi va bir nechta vaziyatlarda seyvlarini ishga solib, gollardan saqlab qoldi.
“Andijon” 0:0 ga rozi bo‘lmagan holda g‘alaba golini kiritish ishtiyoqida edi. Lekin gol urish yana nasib qilmadi. Qolaversa, issiq havoda to‘p surish futbolchilarga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirgani bor gap. Shunga qaramasdan, “Burgutlar” darvozasi daxlsizligini saqlab kelyapti va guruhdan chiqish imkoniyat bor.
Navbatdagi uchrashuvi 26 noyabr kuni “Bobur arena”da Turkmanistonning “Arkadag” klubiga qarshi o‘tadi.
“Al-Xaldiya” - “Andijon” - 0:0.
5 noyabr. Bahrayn, Manama. “Al-Muxarraq” stadioni.
Hakamlar: Chae Sangxyop, Park Kyunyong, Jang Jongpil (barchasi - Janubiy Koreya)
Zaxira hakami: Vong Vay Lun (Gonkong)
Nazoratchi: Michael S.M.Xanania (Falastin)
Komissar: Omid Jamali (Eron)
“Al-Xaldiya”: Rikardo Silva, Axmed Bugxammar, Klayd Okonnel, Gleyson Uilson, Anas Ouaxim (Said Dxiya, 68), Muhammad Al Romayxi (Tumuteka, 68), Mussa Kulibali, Komail Al Asvad (Muhammad Adel, 83), Saif Buxra (Nizar El Otmani, 68), Dominik Mendi, Ayub El Amlud (Fabian Vinley, 84).
“Andijon”: Erjan Tokotaev, Sunnatulloh Hamidjonov, Shaxzod Azmiddinov (Abubakir Ashurov, 71), Kristian Novak, Sardor Azimov (Abdulvohid G‘ulomov, 45), Muhammadkarim Toirov, Damir Temirov (Saidumarxon Saidnurullaev, 71), Bektemir Abdumannonov, Doniyor Abdumannopov (Shoxjahon Yorqinboev, 87), Otabek Jo‘raqo‘ziev (Ismoil Akinade, 71), Usmonali Ismonaliev.
Ogohlantirishlar: Gleyson Uilson, 42. Klayd Okonnel, 76 - Erjan Tokotaev, 90. Muhammadkarim Toirov, 90+7.



Fikrlar