
"Andijon"ning o‘rtoqlik o‘yinidagi sanasi o‘zgardi
“Andijon” Antaliyada davom ettirayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlariga ham katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas.
13 fevral kuni ikkita o‘yinda maydonga tushgan jamoa a’zolarining navbatdagi uchrashuvi Polshaning “Vishista Krakov” klubiga qarshi 17 fevralga belgilangandi. Biroq mazkur o‘rtoqlik bellashuvi sanasi o‘zgardi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv 18 fevralga ko‘chirilgan.
"Andijon"ning keyingi o‘yinlari reja bo‘yicha 20 va 24 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar