
Andrey Kanchelskis "Navbahor" ustidan FIFAga arz qildi
Rossiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis "Navbahor"dan nega ketgani borasida Sport24ga intervyu berdi.
- Gap shundaki, menga maosh to‘lanmadi. Avvaliga 3 oy, keyin yana 2 oy kutdim, lekin bilasizmi, mening ham yordamga muhtoj bo‘lgan oilam, farzandlarim va ota-onam bor. Hayvonlardek munosabatda bo‘lish yaxshi emas. Shuning uchun barchasini qonunga muvofiq, FIFAga ariza bilan murojaat etishga qaror qildik va jarayonni kutmoqdamiz. Yana bir sabab - Namangan viloyati hokimining o‘zgarishi ham bir qator savollarni tug‘dirdi. Umuman olganda, bu klubda mening kelajagim yo‘q, deb o‘yladim.
Futbolchilar va xodimlar borasida umuman shikoyatim yo‘q, ular juda zo‘r. E’tirozim faqat klub rahbarlariga, biz ular bilan go‘yoki turli sayyoralarda yashadik. Havaskorlar futbolga kelganda doim muammoli vaziyatlar yuzaga keladi. Agar ular tinch yo‘l bilan muammoni hal qilmoqchi bo‘lsalar, men muzokaralar uchun doim ochiqman. Aksi kuzatilsa, sud jarayoni bo‘ladi. Qog‘ozlar bor, barchasini futbol federatsiyasi hal qiladi, - dedi Andrey Kanchelskis.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil boshida "Navbahor"da bosh murabbiy Kanchelskisning yordamchisi sifatida ishlagan Aleksey Belenkov ham jamoada qolib ketgan pullarini olish uchun FIFAga arz qilgandi.
Fikrlar