
Andrey Miklyaev: Bugun omad raqib jamoa tarafida bo‘ldi
Xabaringiz bor bundan biroz muqaddam Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan “Zob Ahan” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Loko” ustozi Andrey Miklyaev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Anchagina qiyin o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa ham maydonga g‘alaba uchun chiqqan edi. Omad bugun “Zob Ahan”ga kulib boqdi. Raqibni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Endi bor e’tiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz. Hali hammada navbatdagi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor. Bugun himoyada yo‘l qo‘yilgan 2ta xato qimmatga tushdi. Mavsum endigina boshlangani sabab hali o‘yinimiz to‘liq takomillashib ulgurmadi. Ishonaman, kelgusi bahslarda hali o‘z so‘zimizni aytamiz", - deydi Andrey Miklyaev.
Fikrlar