Andrey Shipilov: "Durang meni ham qoniqtirmaydi"

  • 15.04.2026 09:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Xorazm" - "Qo‘qon-1912" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Juda yaxshi o‘yin guvohiga aylandik. 90 daqiqa davomida barchani bosim ostida ushlab turdi. Futbol uchun bu yerda barcha sharoit yaratilgani ko‘rinib turibdi. O‘zimiz haqida gapirsam, o‘yin boshidayoq gol o‘tkazib yuborish qiyin, albatta. Vaziyatni tiklab yana darvozamizdan to‘p olib chiqishni tushunish qiyin. Birinchi bo‘lib gol qo‘yib yuborish, holatimizni qiyinlashtirish yoqyapti, shekilli. Futbolchilarim harakat qilishdi, borlarini berishdi, shu bois hech narsa deya olmayman. Mezbonlar ham g‘alabaga intilishdi. Fikrimcha, natija adolatli bo‘ldi. 2:2 bo‘lib turgan vaqtda bizda ham vaziyatlar yuzaga keldi. Raqib muxlislari oldida chiroyli o‘yin ko‘rsatishga urindi. Ikki jamoa ham natijadan mamnun emasligi kundek ravshan. Durang meni ham qoniqtirmaydi. 5 ta turdan beri yutqazmayapmiz, to‘g‘ri",- deydi Shipilov.

- Keyingi o‘yinlarda jamoa safida qanday o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin?

- Navbatdagi uchrashuvda qo‘shnilarimiz bilan to‘qnash kelamiz. Raqibimiz - "Andijon". Biz bu yerga uzoq yo‘l bosib keldik. Orqaga yana shuncha yo‘l sarflaymiz. Ular 2 kun dam olyapti, tiklanyapti. Nima uchun bunday bilmayman. Rotatsiya albatta bo‘ladi. Himoyachimiz qizil kartochka oldi. Biz o‘zgarish qilishimizga to‘g‘ri keladi. Hozir birinchi o‘rinda Qo‘qonga qaytishimiz kerak. Kim tayyor ekanligiga qarash lozim. Shifokorlar xulosasini olyapmiz, chunki 7 ta tur qoldi va mikrojarohatlar yuzaga kelyapti. Rotatsiyalar borasida nimadir deya olmayman. Shifokorlar xulosasiga qaraymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!