
Andrey Sidorov eng yaxshi deb topildi (foto)
Kecha Tojikiston chempionatida 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Nodirbek Ibragimov faoliyat olib boradigan "TsSKA-Pomir" jamoasi o‘z maydonida Ma’mur Ikromov, Sanjar Rixsiboev va Andrey Sidorov to‘p tepadigan "Xo‘jand"ni qabul qildi.
Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, "Xo‘jand" jamoasining ilk goliga aynan yurtdoshimiz Andrey Sidorov mualliflik qildi. Bundan tashqari Sidorov yana bir golga ham assistentlik qildi.
Shu tariqa, iqtidorli futbolchi "TsSKA-Pomir" - "Xo‘jand" (1:3) bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar