
Anett Kontaveytni kuchli raqib kutmoqda
Estoniyalik Anett Kontaveyt Shtutgart shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Anett musobaqaning chorak finalida belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqdi. O‘yindagi hisob 5:7, 7:5, 3:0 bo‘lib turgan bir vaziyatda Vika o‘yinni davom ettira olmasligini e’lon qildi.
Shu tariqa "Porsche Tennis Grand Prix"ning yarim finaliga yo‘l olgan Kontaveyt endi yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar