Angliya 60 yillik omadsiz seriyani to‘xtatdi
Angliya terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida uzoq tanaffusdan so‘ng ilk bor hisobda ortda qolgan holda o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.
2026 yildgi jahon chempionatining 1/16 final bosqichida angliyaliklar Kongo DR terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa Angliya 1966 yildan buyon ilk bor jahon chempionati bahsida birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan o‘yinni o‘zi foydasiga hal qila oldi.
1966 yilda o‘z maydonida o‘tgan jahon chempionati finalida Angliya terma jamoasi qo‘shimcha daqiqalarda Germaniya Federativ Respublikasini 4:2 hisobida mag‘lub etgan, o‘sha o‘yinda raqib birinchi golni 12-daqiqada urgan edi.
Shundan keyingi jahon chempionatlarida Angliya terma jamoasi 13 marta hisobni raqib ochgan o‘yinlarda maydonga tushdi, ammo birortasida ham g‘alaba qozona olmagan edi.

Fikrlar