Angliya klubi bahaybat darvozabon sotib oldi
Premier-ligaga qaytgan “Ipsvich” klubi Belgiya ning “Yunion” jamoasi darvozaboni Kjell Sherpen bilan shartnoma imzolaganini rasm an e’lon qildi.
Transfer qiymati 11 million funt sterlingni tashkil etdi.
Bo‘yi hayratlanarli darajada – 206 santimetr bo‘lgan Sherpen “Ipsvich” bilan 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzdi.
26 yoshli niderlandiyalik darvozabon “Yunion” safida atigi bir mavsum o‘ynadi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasi bilan Belgiya kubogini qo‘lga kiritdi.
Faoliyati davomida u bir necha mavsum Angliyaning “Brayton” klubiga tegishli bo‘lgan, ammo asosiy jamoada o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Fikrlar