Angliya klubi Dastan Satpaevning ilk mashgʻuloti suratini eʼlon qildi

  • 21.08.2026 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev Angliyaning «Bernli» klubi asosiy tarkibi bilan mashg‘ulotlarga qo‘shildi. 

Klub matbuot xizmati bugungi mashg‘ulotdan olingan suratlarni e’lon qildi. Ularda 18 yoshli qozog‘istonlik futbolchi jamoaning asosiy tarkibi bilan birga shug‘ullanaotgani ko‘rinib turibdi. 

Avvalroq Satpaev Chempionshipning birinchi turida «Vest Xem»ga qarshi o‘yin uchun «Bernli»ning ro‘yxatiga kiritilmagan edi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining maydonga tushmagani sportga oid qaror emas, balki Angliyada mehnat faoliyati va rasmiy o‘yinlarda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan.

«Bernli» navbatdagi uchrashuvini 23 avgust kuni safarda «Vest Bromvich»ga qarshi o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, «Bernli» 14 avgust kuni «Chelsi» klubidan hujumchini ijaraga olganini ma’lum qilgan edi. Kelishuv 2026/2027 yildgi mavsum yakungacha mo‘ljallangan. London klubi safida Satpaev mavsum oldi tayyorgarlikda ishtirok etdi va «Western Sidney Uonderers»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!