Angliya superklublariga bormayman!
“Real”ning frantsiyalik iqtidorli yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga anchadan beri Angliya Premer-ligasining eng qudratli klublari nishonida turibdi.
Xususan, “Chelsi” klubi bu o‘yinchini Madriddan olib ketish uchun “Qirollik klubi” g‘aznasiga 75 million evro to‘lashga tayyor va ular ayni paytda rasmiy taklifni shakllantirish bilan band.
Ammo Transfer News Live va Defensa Central kabi nufuzli manbalarning ma’lum qilishicha, Kamavinganing jahonning eng murakkab ligasidan bo‘layotgan chorlovlar qiziqtirgani yo‘q va u faoliyatini “Real”da davom ettirishni istayapti.
Bundan tashqari, “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso ham Eduardo Kamavingani jamoada saqlab qolishga qat’iy qaror qilgan, ayniqsa uning “Barselona”ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarning asosiy figurasi Pedriga qarshi a’lo darajadagi o‘yini bu maqsadni yanada kuchaytirdi.
22 yoshli Eduardo Kamavinga “Real”ga kelganidan buyon jamoa safida 189 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini besh bor ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 10 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar