Angliyada yana bir iste’fo “pishyapti”
2026 yilning dastlabki kunlari Angliya Premier-ligasining ikki klubida bosh murabbiylar isteʼfoga chiqarildi.
Dastlab, “Chelsi” italyalik mutaxassis Enco Mareskani ishdan olgan bo‘lsa, bir necha kundan keyin “Manchester Yunayted” portugalik murabbiy Ruen Amorim bilan xayrlashdi.
Endi “Nyukasl” bosh murabbiy Eddi Xauning kursisi qimirlab qolgan. Klub xo‘jayinlari uni joriy mavsum yakunlangandan keyin isteʼfoga chiqarmoqchi.
Bu haqida Indykaila News nashri xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, jamoaning bu mavsumdagi natijalari barqaror emasligi tufayli Xauning klubdagi kelajagi xavf ostida. Chempionat tugaguncha hech qanday oʻzgarish rejalashtirilmagan, biroq yozda rahbariyat 2021 yildan beri ishlab kelayotgan murabbiy ishi boʻyicha keng qamrovli tahlil oʻtkazadi.
Fikrlar