Angliyada yangi chempion bo‘ladi!
Opta statistika markazi ekspertlari superkompyuter yordamida Angliya Premer-ligasining ettinchi turi yakuniga ko‘ra, qaysi jamoa mavsum oxirida chempionlikni nishonlashini hisoblab chiqdi.
Sun’iy intellekt bu galgi chempionatda Mikel Arteta bosh murabbiylik qilayotgan “Arsenal” g‘olib chiqishini ko‘rsatdi. “Kanonirlar”ning chempion bo‘lish ehtimoliv 44,2 foizga baholanyapti.
Ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin amaldagi chempion “Liverpul”ning imkoniyati biroz pasayib, 39,6 foizni tashkil qildi.
Opta markazi superkompyuteri amalga oshirgan tahlillarda “Manchester Siti”ning Premer-liga taxtini qaytarib olish imkoniyati ancha past, ya’ni 14,3 foizga tengligi qayd etildi.

Fikrlar