Angliyada yangi yulduz paydo bo‘ldi

  • 25.04.2026 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining yirik klublari yozgi transfer oynasi arafasida “Brentford”ning oʻng qanot himoyachisi Maykl Kayodega jiddiy qiziqish bildirа boshladi.

Kayode ushbu mavsumda Premier-ligada “Brentford”ning asosiy oʻyinchisiga aylandi va bosh murabbiy  Kit Endryus jamoasiga evrokuboklar yoʻllanmasi uchun kurashda yordam bermoqda.

Rasman Kayode ushbu mavsum Premier-ligada gol yoki golli uzatma amalga oshirmagan. Biroq Mayklning autdan tashlagan uzun toʻplari bu mavsumda “asalarilar” uchun xavfli qurolga aylandi.

Italiyaning La Stampa gazetasi maʼlumotiga koʻra, Kayode oʻz oʻyini bilan “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Tottenxem”, shuningdek Dortmundning “Borussiya” klublari eʼtiborini tortmoqda.

Xususan, “Tottenxem” 21 yoshli italyalik futbolchini tajribali Pedro Porro oʻrniga nomzod sifatida koʻrib chiqmoqda, chunki u “shporlar” uchun omadсиз oʻtgan mavsumdan keyin jamoadan ketishini taʼkidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!