Angliyaga yangi to‘purar keladi

  • 16 avgust, 2020, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vulverxempton” yangi avsum oldidan Portugaliya chempionatida porlayotgan hujumchi Paulinyu Diashni tarkibga qo‘shib oladigan bo‘ldi.

Tecno

“Braga” hujumchisi uchun raqobatda “bo‘rilar” A Seriya vakili “Latsio”ni ortda qoldirdi. “Vulverxempton”  27 yoshli hujumchining transferi uchun portugaliyaliklarga 23 million funt to‘lashga rozilik berdi. “Latsio” esa bu futbolchini olish maqsadida 14 million funt taklif qilib, rad javobini olgandi.

Paulinyu mamlakat chempionatida 29 ta o‘yinda 17 ta gol urdi va sakkizta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!