Anjelik Kerber yarim finalda o‘ynaydi
Avstraliyada “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” musobaqasida chorak finalida Karla Suares-Navarro (Ispaniya) va Karolin Voznyatski (Daniya) o‘zaro raqobatlashdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda Karolin raqibini 6:0, 6:7, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalda belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Shuningdek, germaniyalik Anjelik Kerber va amerikalik Medison Kiz o‘rtasidagi o‘yin 6:1, 6:2 hisobida yakunlandi.
Endi Anjelik finalga chiqish uchun ruminiyalik Simona Xalep va chexiyalik Karolina Plishkova bahsida g‘olib bo‘lgan tennischini mag‘lubiyatga uchratishi kerak.
Fikrlar