Anna Kurnikova egizak farzandli bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik tennischi Anna Kurnikova ona bo‘ldi, deya xabar berdi TMZ nashri.

Ushbu xabarga ko‘ra Anna va mashhur ispaniyalik xonanda Enrike Iglesias oilasida Nikolas va Lyusi ismli egizak farzand dunyoga kelgan.

Ular avval farzand kutayotganliklari haqida hech qanday ma’lumot berishmagan. Shu sababli ham Anna ijtimoiy tarmoqlarda oxirgi marotaba 2016 yilning noyabr oyida o‘zining suratini chop etgan.

Ma’lumot uchun 36 yoshli Anna Kurnikova hamda 42 yoshli Enrike Iglesias 2001 yildan buyon birga baxtli hayot kechirmoqda.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!