Anri "Barselona" – "Inter" uchrashuvidan so‘ng safardagi gollar qoidasiga to‘xtalib o‘tdi

  • 1 may, 16:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi yarim finali doirasida "Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi ilk bahs 3:3 hisobida yakunlandi. Ushbu natijadan so‘ng frantsuz afsonasi Terri Anri UEFA tomonidan bekor qilingan safar gollari qoidasi haqida fikr bildirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, UEFA klub musobaqalarida safar gollari qoidasi 2021/22 yilgi mavsumdan avval bekor qilingan edi.

"Men bilaman, ilgari qoidalar boshqacha edi va endi biz yangi qoidalarni qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Lekin efirdan tashqarida men Jeymi Karragerdan so‘rardim: “Qanday qilib sen mehmonda 3 ta gol urib, afzallikka ega bo‘lmasliging mumkin?”

Menimcha, safardagi gollar katta ahamiyatga ega edi. Sen mehmonda 3 ta gol urding, ammo hech qanday ustunlik yo‘q – uyda hammasini 0:0dan boshlaysan.

Ammo men "Inter" shuncha yaxshi o‘ynashiga ishonmagan edim, so‘nggi o‘yinlariga qarab ulardan bunday o‘yinni kutmagan edim" — dedi frantsiyalik sobiq hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!