Antonio Konte: "Napoli" Oltin medal uchun oxirigacha kurashadi"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning ketma-ket ikkinchi marta chempionlik imkoniyati haqida fikr bildirdi.
A Seriyaning 31-turidan keyin neapolliklar 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam "Inter"dan 7 ochkoga orqada qolmoqda.
"Biz realist bo‘lishimiz kerak. Endi birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Shu bilan birga, "Inter" bir necha bor ochko yo‘qotishiga ham umid qilishga to‘g‘ri keladi. Ammo ularning hozirgi natijalarini hisobga olsak, bu unchalik oson ko‘rinmayapti. Ularda juda kuchli tarkib bor va ular peshqadamlikka munosib. Biz esa sur’atni pasaytirmasligimiz shart.
Biz chempionlik uchun kurashni oxirigacha davom ettiramiz. Bir necha oy davomida bu imkoniyat qo‘limizda emasdi, ammo hozir taqdirimizni yana o‘z qo‘limizga oldik va shu ruhda davom etishni istaymiz. Ortiqcha balandparvoz gaplar qilmaymiz.
Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi ham hali kafolatlanmagan. Bu biz uchun eng muhim maqsadlardan biri. Chunki bu musobaqada ishtirok etish moliyaviy jihatdan ham juda katta ahamiyatga ega", – dedi Konte.
Fikrlar