Anvar Berdiev: "Boshqa jamoa haqida gapirmoqchi emasman"

  • 25 iyun, 2024, 23:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
CHERY AUTO

Pro liganing 14-turida “Qo‘qon-1912” jamoasi Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini qabul qildi va 0:3 hisobida mehmonlarga yutqazib qo‘ydi. Mazkur bellashuvdan so‘ng g‘olib jamoa – “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Anvar Berdiev savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Qiyin kechgan o‘yinda g‘alaba qozondik. Barcha futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Bor kuchini ishga solib, bugungi g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shishdi.

- “Qo‘qon-1912” jamoasining bunday nursiz o‘yin ko‘rsatishiga nima sabab deb o‘ylaysiz?

- Boshqa jamoa haqida gapirmoqchi emasman. Chunki ularni o‘z murabbiyi bor. Lekin men bu jamoaga omad tilayman. Shu mavsum yakuniga ko‘ra ilohim Superligaga chiqishsin.

- “Sho‘rtan” chempionatni omadsiz boshladi. Keyin kuchli start oldi. Ochkolari 24 taga etdi. Shunday ko‘tarilishdan so‘ng rahbariyat qandaydir vazifa qo‘ydimi? Umuman, “Sho‘rtan” klubida vazifa bormi?

- Bizga yil boshida rahbariyat tomonidan har bir uchrashuvga g‘alaba uchun o‘ynashimizni qat’iy uqtirishgan. Biz mana shu reja bo‘yicha ishlayapmiz. Mavsum yakunida qaerda bo‘lishimizni ko‘ramiz. Hozirdan katta gap gapirmoqchi emasmiz. Lekin har bir o‘yinga jiddiy tayorgarlik ko‘rib, maydonga faqat g‘alaba uchun tushyapmiz.  

- Yozgi selektsiyada jamoani kuchaytirish uchun yangi futbolchilar keladimi?

- Albatta, futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ko‘p o‘zgarish bo‘lmaydi. Negaki, jamoamdagi o‘yinchilardan qoniqish hosil qilyapman. Asosiysi, tayyorgarlik. Agar yaxshi tayyorlansak, ikkinchi davrada ham oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!