Anvar Boynazarovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!

  • 14 avgust, 2024, 13:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik taniqli yakkakurash ustasi Anvar Boynazarovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. U 30 avgust kuni AQShning Arizona shtatida UFL promoushenida jang qiladi. Raqib braziliyalik Jakson Santa Kruz (7-4) bo‘ladi. Yurtdoshimiz uzoq yillik professional muaytaydagi faoliyatidan keyin MMAda ham o‘zini sinab ko‘rayotgandi. U Dana Uayt kontender seriyasida ham oktagonga ko‘tarilgandi. Biroq, unda mag‘lubiyatga uchrab, UFCga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqargandi. Hozirda Boynazarov AQShning bir qator ligalarida o‘z janglarini o‘tkazmoqda. 
Ma’lumot uchun, Boynazarov MMAda hozirga qadar 9 ta jang o‘tkazdi va ularning 6 tasida g‘alaba qozongan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!