APL. “Aston Villa” o‘z uyida “Liverpool”ni mag‘lub etib, YEChL yo‘llanmasini naqd qildi
APLning 37-turidan o‘rin olgan markaziy bahs o‘z nihoyasiga yetdi.
Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Aston Villa” o‘z uyida “Liverpul”ni qabul qilib, yirik 4:1 hisobida taslim qildi.
Dastlab, 42-daqiqada Morgan Rojers hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Virjil van Deyk oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Shundan so‘ng Olli Uotkins ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, 89-daqiqada esa Jon Makginn ham gol urib, hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirdi. Hakam tomonidan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Virjil van Deyk yana katta sahnaga chiqdi. Biroq uning ikkinchi goli jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Shu tariqa, birmingemliklar o‘z ochkolari sonini 62 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Mersisaydliklar esa 59 ochko jamgarib, 5-pog‘onadan joy olgan.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Aston Villa
- Morgan Rogers 42'
- Ollie Watkins 57'
- Ollie Watkins 73'
- John McGinn 89'
16.05.2026 00:00
Liverpul
- Virgil van Dijk 52'
- Virgil van Dijk 90'

Fikrlar