APLda navbatdagi iste’fo yuz berdi

  • 20 dekabr, 2023, 02:17
  • 0
  • Futbol

Rasman "Nottingem Forest" Stiv Kuperni o‘z lavozimidan ozod qilganini ma’lum qildi

"O‘rmonchilr" APL turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. Klub uelslik mutaxassis qo‘l ostida mazkur mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 marta mag‘lubiyatga uchradi. 

Kuperdan keyin "Nottingem Forest"ni sobiq "Al-Ittihod" bosh murabbiyi Nunu Santu egallashi kutilmoqda. Tez orada tomonlar o‘rtasida yakuniy muzokaralar bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Stiv nottingemliklarni qabul qilib olgan. Hozircha murabbiyning keyingi manzili aniq emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!