
APLda "Oltin qo‘lqop" unvoni uchun da’vogar darvozabonlar nomi ma’lum qilindi
"Byornli" golkiperi Nik Poup Angliya chempionati joriy mavsumida quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha etakchilikni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda turnir tashkilotchilari rasmiy sayti.
28 yoshli angliyalik darvozabon o‘tkazilgan 34 tur ichida 14 marotaba darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ikkinchi o‘rinda 13 ta quruq o‘yin bilan "Liverpul" darvozaboni Alisson va "Manchester Siti" golkiperi Ederson bormoqda.
Keyingi o‘rinlarni Din Xenderson (12), Kasper Shmeyxel (12), David De Xea (11) va Rui Patrisio (11) egalladi.
Fikrlar