APLda yana xorijlik murabbiy chempion bo‘ldi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta faoliyatida ilk bor Angliya Premier-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, APL tarixida yana bir bor xorijlik mutaxassis chempionga aylandi. Premier-liga tashkil etilganidan buyon biror marta ham angliyalik murabbiy chempionlikka erisha olmagan.
Eng ko‘p chempionlik ser Aleks Ferguson hisobiga to‘g‘ri keladi — shotlandiyalik murabbiy 13 marta g‘olib chiqqan. Ispaniyalik Pep Gvardiola 6 ta, portugaliyalik Joze Mourinyo va fransiyalik Arsen Venger esa 3 tadan chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, APLda Karlo Anchelotti, Antonio Konte, Roberto Manchini, Klaudio Ranieri, Manuel Pellegrini, Kenni Dalglish, Yurgen Klopp va Arne Slot kabi murabbiylar ham chempion bo‘lgan.
Oxirgi marta angliyalik murabbiy mamlakat chempionligini 1991/92 mavsumida yutib olgan edi. O‘shanda Hovard Uilkinson “Lids” bilan g‘olib chiqqan. Bu esa Premier-liga tashkil etilmasidan oldingi so‘nggi mavsum hisoblanadi.

Fikrlar