APLda yangi peshqadam paydo bo‘ldi
APLning 16-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Arsenal" "Aston Villa" mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, "Liverpul" "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda kambek amalga oshirdi.
Shu tariqa, "qizillar" turnir jadvalida 37 ochko bilan birinchi o‘ringa chiqib oldi. "Kanonirlar" esa 2-pog‘onaga tushib ketdi.
Ma’lumot uchun, bu turda hali "Manchester Siti" va "Tottenxem" o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Ular 3 ochkoni qo‘lga kiritgan taqdirda ham 3-o‘ringa chiqa olmaydilar.

Fikrlar