APLning eng boy klubi qimmat transferga qo‘l urmoqchi

  • 27.08.2024 16:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nyukasl" "Kristal Pelas" bilan himoyachi Mark Gehining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda ingliz OAVlari.

Qayd etilishicha, "qarg‘alar" angliyalik futbolchi uchun 80 million evrodan ko‘proq pul to‘lashi mumkin.

24 yoshli futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uni 38 million evroga baholamoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi ikkita to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!