Aqling bo‘lsa, “Real” yulduzini jamoaga olma!

  • 29 noyabr, 2024, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Darren Bent “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta va klub rahbariyatini “Real” yarim himoyachisi Arda Gyulerni transfer qilish fikridan qaytarishga urinmoqda.

Bir necha manbalar “kanonirlar” turkiyalik futbolchini mavsumning ikkinchi yarmi uchun “Real”dan ijaraga olmoqchi bo‘layotgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Bent esa, Arda Gyuler mahorat borasida “Arsenal” tarkibidagi o‘yinchilardan ustunlik joyi yo‘qligini ta’kidlayapti.

- Gyuler “Arsenal”ga to‘g‘ri kelmaydi. U juda yaxshi o‘yinchi, men uni Evropa chempionatida kuzatdim, juda iqtidorli. Lekin bir zaxira o‘rindig‘ini boshqasiga alishtirishdan ne naf?

Arda “Real”da muntazam o‘ynash imkoniga ega bo‘lmayapti. Agar “Arsenal”ga o‘tsa, raqobatda yana ortda qolib ketishi tayin. Bu transferni tasavvur qila olmadi. U yaxshi o‘yinchi, lekin “Arsenal” uning jamoasi emas, - dedi Darren Bent.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!