Arablar Ronalduni haydashni talab qilyapti

  • 20 aprel, 2023, 22:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning asablari Osiyo futboliga dosh berolmayapti. Portugaliyalik yulduz o‘ynayotgan “An-Nasr” chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqobatchilaridan “Al-Hilol”ga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ygan edi.

O‘sha uchrashuvdan keyin Ronaldu raqib jamoa muxlislari g‘azabini qo‘zitdi. Mehmonlar hujumchisi uchrashuvdan keyin kiyim almashtirish xonasiga kirib ketayotganida tribunadagi “Al-Hilol” ishqibozlari unga “Messi”, “Messi”, deb hayqirdi. Bunga javoban Ronaldu ularga juda xunuk jest ishlatdi.

Saudiyalik muxlislar portugaliyalik futbolchini etika me’yorlarini qo‘pol tarzda buzganlikda ayblamoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tobora keng muhokama qilinyapti. Xususan, saudiyalik advokat Nouf bin Ahmad Saudiya Arabistoni prokuraturasiga da’vo arizasi kiritib, Krishtianu Ronalduni hibsga olish va mamlakatdan deportatsiya qilishga erishish uchun harakatlarni boshlaganini ma’lum qildi.

- Men sportni kuzatib bormayman. Krishtianuni asabini buzishgan bo‘lsa ham, uning qilig‘i jinoyatdir. Bu kabi jinoyat xorijlik shaxs tomonidan sodir etilgane bo‘lsa, hibs va deportatsiya bilan jazolanishi kerak.  Biz bu masalada prokuraturaga petitsiya kiritamiz, - dedi Nouf bin Ahmad.

Ronaldu Saudiya Arabistonidagi debyut mavsumida 11 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi. “An-Nasr” jamoasida Ronaldu bilan birga hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ham to‘p tepmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi “An-Nasr” Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolaganidan keyin o‘zining 7-raqamini portugaliyalik yulduzga bo‘shatib bergan edi. Shundan beri Masharipov Saudiya klubida 77-raqamda to‘p tepyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!