Arauxo: "Maydonga tushaman va gol uraman”
Ispaniya La Ligasining 9-turida “Barselona” “Jirona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Ronald Arauxo jamoasining g‘alaba golini kiritdi va o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh murabbiy Hansi Flik undan himoyachi emas, balki hujumchi sifatida harakat qilishni so‘ragan.
"Flik mendan hujumchi pozitsiyasida o‘ynashni xohlaysanmi, deb so‘raganida, ikkilanmasdan “ha” deb javob berdim. Unga shunday dedim: “Maydonga tushaman va gol uraman”. Jamoaga faol hissa qo‘shayotganim va unga yordam berayotganimdan juda xursandman. Men aynan shu uchun mehnat qilaman", — dedi urugvaylik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Arauxo joriy mavsumda “ko‘k-anor ranglilar” safida barcha musobaqalar doirasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.



Fikrlar