Arbeloa Mbappe va Vinisius haqida muhim gapni aytdi
“Real Madrid” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa “Sevilya”ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng Kilian Mbappe va Vinisius Zhuniorning harakatlariga yuqori baho berdi.
“Barcha futbolchilarimdan mamnunman. Biz bu mavsumda qo‘yilgan maqsadlarni bajara olmadik, lekin yigitlar bor kuchini berdi. Mbappe va Vinisiusni dunyoning istalgan klubi o‘z safida ko‘rishni istardi.
Imkoniyat bo‘lsa, har qanday jamoa ularni ikkilanmasdan transfer qiladi. Menimcha, ular hozir dunyoning eng xavfli va eng oldindan aytib bo‘lmaydigan 5 futbolchisi qatoriga kiradi”, — dedi mutaxassis.
Shuningdek, Arbeloa bugun Vinisius gol urgani, Mbappe esa katta hajmda ish bajarganini ta’kidladi.

Fikrlar