Arbeloa “Real”da qaysi yulduzlar bilan kelisha olmayotgani oshkor etildi
Madridning “Real” klubida yanvar oyida Xabi Alonso ketganidan keyin jamoani qabul qilib olgan bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning kelajagiga oid shubhalar kuchaymoqda, deb xabar berdi The Athletic.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati, jumladan prezident Florentino Peres ham, mutaxassisning bunday vazifaga tayyorligiga boshidan to‘liq ishonmagan.
Shunga qaramay, uning ishiga yakuniy baho mavsum tugagach berilishi rejalashtirilgan.
Vaziyatni nafaqat jamoa natijalari, balki ichki muhitdagi keskinlik ham murakkablashtirmoqda. Xususan, Arbeloa bilan jamoa sardori Dani Karvaxal o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan, futbolchi o‘yin amaliyoti kamligidan noroziligini ochiq aytdi.
Bundan tashqari, yarim himoyachi Dani Sebalyos “Betis”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan. Sebalyos ham vaziyatdan norozi va yozda jamoani tark etishi mumkin.
Qayd etilishicha, ayrim futbolchilar murabbiyning tarkib tanlash usulini biryoqlama va adolatsiz deb hisoblab, unga e’tiroz bildira boshladi.

Fikrlar