«Arsenal» 19 yoshli argentinalikni kuzatmoqda
«Boka Xuniors»ning hujumkor yarim himoyachisi Tomas Arandaga Londonning «Arsenal» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Arsenal» Arandani Janubiy Amerikadagi eng istiqbolli yosh futbolchilardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. London klubi uning o‘yinlarini doimiy kuzatib bormoqda. Ammo hozircha rasmiy taklif yuborish borasida yakuniy qaror qabul qilmagan.
Xabarlarga ko‘ra, Arandaning «Boka Xuniors» bilan amaldagi shartnomasida 17,5 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Shu bilan birga, 19 yoshli yarim himoyachiga faqat «Arsenal» emas, balki Seriya A, Bundesliga va La Liga klublari ham katta qiziqish bildirmoqda.
2026 yildagi mavsumda Aranda barcha musobaqalar doirasida 22 o‘yinda maydonga tushdi, ikki bor gol urdi va yana ikki marta jamoadoshlariga golli pas berdi.

Fikrlar