«Arsenal» Alvarеs bo‘yicha «maxfiy operatsiya» o‘tkazmoqda

  • 24.06.2026 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasi Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi, argentinalik forvard Julian Alvaresni sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. 

Indykaila News nashri ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar futbolchini «Barselona» o‘rniga aynan «Arsenal»ni tanlashga ko‘ndirish maqsadida «maxfiy operatsiya»ni yo‘lga qo‘ygan.

Agar kelishuv amalga oshsa, Alvares «Arsenal» tarkibida eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Avvalroq tarqalgan xabarlarda esa, futbolchining o‘zi «Barselona»da to‘p surishni afzal ko‘rishi, «Real» yoki «Arsenal» variantlarini jiddiy ko‘rib chiqmayotgani aytilgan edi.

2025/2026 yildgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 100 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!