“Arsenal” ashaddiy raqib – “Siti”ning eng zo‘r himoyachisini olib ketmoqchi

  • 05.07.2026 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining amaldagi g'olibi – Londonning “Arsenal” klubi kelasi mavsum oldidan “Manchester Siti”ning asosiy himoyachilaridan hisoblangan Ruben Diashni  transfer qilishga qiziqish bildirmoqda.

TransferFeed ma'lumotiga ko'ra, “kanonirlar” Portugaliya terma jamoasi himoyachisini jahon chempionati tugagach, rasmiy sotib olishga harakat qiladi.

Ruben Diash 2020 yilda “Benfika”dan 71 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga olib kelingan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

29 yoshli himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!