
“Arsenal” “Barsa”dan yordam kutyapti
“Arsenal” bosh murabbiy Mikel Arteta jamoaga tajribali darvozabon qidirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis ayni paytda “Barselona”dan yordam kutmoqda va kataloniyaliklarning 31 yoshli darvozaboni Netuni Londonga olib kelmoqchi.
Mikel Arteta yozgi transferlar vaqtida Netuni qo‘lga kirita olmagandi. Endi “kanonirlar” braziliyalik posbonni mavsum oxirigacha ijaraga olib, keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqiga ega bo‘lmoqchi.
Netu joriy mavsumda barcha turnirlarda to‘qqizta uchrashuvda “barselona” darvozasini qo‘riqlab, ettita to‘p o‘tkazdi. To‘rtta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar