«Arsenal» bir shart bilan Dьyokereshni sotadi
Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Viktor Dyökeresh qishki transfer oynasida Londonning «Arsenal» klubini tark etishi mumkin.
Caught Offside nashri xabariga ko‘ra, Dyökeresh «Arsenal»dagi mavqeidan mamnun emas. U jamoadagi roli va o‘yin amaliyotidan qoniqmayotgani sababli, yaqinlashib kelayotgan qishki transfer davrida klubni almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, hujumchiga Evropaning yetakchi klublari – «Milan» va «Yuventus», shuningdek Saudiya Arabistonining «Al’-Ahli» va «Al’-Ittihod» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, «Arsenal» rahbariyati Dyökereshni faqat yangi markaziy hujumchi xarid qilingan taqdirdagina sotishga tayyor ekani ta’kidlanmoqda.
Joriy mavsumda Viktor Dyökeresh barcha musobaqalar doirasida beshta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol urolmadi va samarali uzatma ham qayd etmadi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, shved forvardning bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar