"Arsenal" futbolchisi faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin
"Arsenal" himoyachisi Rikkardo Kalafyorı faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida "CaughtOffside" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "ko‘klar" yozda italyanlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Rikkardonning o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlayapti. Shu sababli, futbolchi bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
23 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Kalafyorı 2024 yilda "Arsenal" safiga kelib qo‘shilgan. Shu davr mobaynida futbolchi "kanonirlar" safida 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar