"Arsenal" futbolchisi Subimendi APLda bu ko‘rsatgich bo‘yicha etakchi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi Angliya Premer-ligasi joriy mavsumida to‘pni eng ko‘p qaytarib olgan futbolchi sifatida qayd etildi. Bu haqda "WhoScored" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yozda "Arsenal"ga kelgan 26 yoshli ispaniyalik futbolchi uchta o‘yinda sakkiz marta to‘pni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u APLning birinchi raqamli futbolchisi hisoblanadi.
Iyul oyida "kanonirlar" Subimendi uchun 70 million evro to‘lagan edi. Hozircha u uchta o‘yinda gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Mikel Arteta shogirdlarining navbatdagi bahsi 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Chempionatning to‘rtinchi turida "Arsenal" maydonda "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.



Fikrlar