"Arsenal" hujumchisi Madriddga ketadi

  • 29.08.2026 14:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasi hujumchisi Gabriel Jezus yozgi transfer oynasida Ispaniya chempionatidagi yetakchi klublardan biriga yo‘l olishi mumkin.

Dazn nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari Madridning «Atletiko» klubi bilan faol muzokara olib bormoqda.

 «Matraschilar» hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Jezus nomzodini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, «Arsenal» ham futbolchini sotishga qarshi emas. 

Angliya chempioni klub braziliyalik hujumchi uchun taxminan 20 million yevro ishlab olishni kutyapti. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Gabriel Jezuni qo‘lga kiritishda asosiy da’vog‘ar sifatida «Napoli» tilga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Gabriel Jezus «Arsenal» tarkibida Angliya chempionatida 14 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!